Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Adolat” SDP: Lukoyl amaldorining harakatlari qonunchilik me’yorlariga zid
13.11.2019 19:06,  
355

Avvalroq, “LUKOIL UZBEKISTAN OPERATING COMPANY” mas’uliyati cheklangan jamiyati amaldori – bosh energetik Ivan Aleksandrovich Shilov Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani, Jarquduq gaz tayyorlash majmuasi ishchilarini haqorat qilgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi.

O‘zbekiston “Adolat” SDP bu holatga partiyaning munosabatini bildirdi.

Rasmiy xabarda, partiya O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 13-moddasiga* muvofiq, LUKOIL amaldorining harakatlarini qonunchilik me’yorlariga zid deb hisoblaydi va jamiyat rahbariyati hamda tegishli davlat organlaridan bu masalaga oydinlik kiritib, qonun ustuvorligini ta’minlashni so‘rab qoladi, deyiladi.

Videotasvirdan yaqqol ko‘rish mumkinki, rahbar qo‘l ostidagi xodimlarni haqoratlab, ularning sha’ni va qadr-qimmatiga hurmatsizlik bildirgan.

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi videotasvirda gavdalangan holat yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda surishtiruv ishlari olib borish, xizmat vakolati doirasidan chetga chiqqan mansabdor shaxsning jinoiy yoki ma’muriy javobgarlik masalasini muhokama qilish, natijasi haqida ommaga xabar berish zarurligini qayd etadi va bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi mas’ul davlat organlarining munosabatini so‘raydi.

Avvalroq, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Abdullohni IIB xodimlari olib ketib, yo‘qolib qolganida ham ushbu voqeani qattiq qoralab, o‘z munosabatini bildirgan edi.

*O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 13-moddasi: “O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi”.

Tavsiya etamiz






Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан