Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






OʻzLiDeP va XDP ham Lukoyl amaldorining harakatlari yuzasidan tushuntirish talab qilmoqda
14.11.2019 12:34,  
314

Avvalroq, “LUKOIL UZBEKISTAN OPERATING COMPANY” mas’uliyati cheklangan jamiyati amaldori – bosh energetik Ivan Aleksandrovich Shilov Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani, Jarquduq gaz tayyorlash majmuasi ishchilarini haqorat qilgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi.

OʻzLiDeP ham ushbu masala yuzasidan tushuntirish talab qilmoqda.

"Shu kunlarda internet saytlarida va ijtimoiy tarmoqlarda “LUKOIL UZBEKISTAN OPERATING COMPANY” MChJ rahbar xodimi tomonidan Qashqadaryo viloyatida joylashgan Jarquduq majmuasi ishchilari sha’niga nomaqbul so‘zlar aytayotgani aks etgan videolavha ko‘pchilikning e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.

Biz mazkur vaziyatdan kelib chiqib, xizmat vazifasini bajarish davomida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar uchun mas’ul xodimlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralarini ko‘rish eng to‘g‘ri yo‘l deb hisoblaymiz. U kim bo‘lishidan qat’iy nazar turli millat va elat vakillarining o‘ziga xos milliy an’analari, urf-odatlari hamda shaxsiyatini toptashga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Zero, mamlakatimizda millatlararo totuvlik, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlari juda yaxshi rivojlangan.

OʻzLiDeP kompaniya rahbariyatidan inson sha’niga nisbatan qilingan bunday tajovuz ishtirokchisiga nisbatan ko‘rilgan chora yuzasidan yaqin vaqt davomida jamoatchilikka axborot berish lozim deb hisoblaydi. Zero, shaxs qadr-qimmati, uning sha’ni daxlsizligi O‘zbekiston qonunchiligi hamda xalqaro normalarga muvofiq oliy qadriyat hisoblanadi.“

Shuningdek, Xalq demokratik partiyasi ham ushbu masala yuzasidan izoh so‘radi:

“LUKOIL UZBEKISTAN OPERATING COMPANY” MChJ rahbar xodimi tomonidan Qashqadaryo viloyatida joylashgan Jarquduq majmuasi ishchilari sha’niga nomaqbul so‘zlar aytgani aks etgan videolavha keng jamoatchilik tomonidan muhokama qilinayotgani bejiz emas. Hech narsa inson huquqi, qadr-qimmati va sha’nidan ustun qo‘yilmasligi kerak.

“LUKOIL UZBEKISTAN OPERATING COMPANY” MChJ ma’muriyati keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan videolavha yuzasidan tegishli tartibda o‘rganish o‘tkazib, holat bo‘yicha rasmiy izoh, tushuntirish berishi zarur.

Vakolatli idoralar xodimlarning qonun bilan kafolatlangan huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishi, keng jamoatchilik bu haqda xabardor etilishi lozim.“

Avvalroq, O‘zbekiston “Adolat” SDP ham bu holatga partiyaning munosabatini bildirgan edi.

Tavsiya etamiz






Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан