Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Turklar O‘zbekistonda yangi zavod qurishadi
13.03.2017 12:30,  
107

Turkiyaning DAL Teknik Makina kompaniyasi O‘zbekistonda sanoat ahamiyatiga ega metall konstruksiyalar zavodini qurishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston.

"Angren" erkin iqtisodiy zonasida joylashadigan mazkur sanoat ob’yektini tashkil qilish bo‘yicha memorandum O‘zbekiston delegatsiyasining Istanbulga tashrifi davomida imzolandi.

"Loyihaning boshlang‘ich qiymati 10 million dollar atrofida bo‘ladi. Turkiyalik investorlar zona hududini ko‘rib chiqishdi va Ohangaron sanoat blokidagi umumiy maydoni 6 gektarni tashkil etuvchi joyni tanlashdi. Hozirda ma’muriy kengash ko‘rib chiqishi uchun zarur hujjatlar tayyorlanmoqda", — dedi "Angren" EIZ vakili.

Tomonlar loyihani shu yilning o‘zida yakuniga yetkazishni rejalashtirgan. Ekspertlarning baholashlaricha, yangi zavodning qurilishi O‘zbekistonga sanoat ahamiyatiga ega tayyor metall konstruksiyalarni import qilishni sezilarli darajada kamaytiradi va 100ga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi. O‘tgan yili "Angren" EIZda 56,7 million dollar investitsiya o‘zlashtirildi, bu 2015 yilga qaraganda 6,1 foizga ko‘pdir. Ushbu davr mobaynida 7 yangi zavod qurildi, 929 milliard so‘mlikdan ortiq mahsulot ishlab chiqarildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан